
Hurmatli Turkiyada doimiy va vaqtincha yashayotgan Vatandoshlar‼️
2021 yil 24 oktabr kuni Bosh konsulxona binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlariga ovoz berish uchun 44-saylov uchastkasi tashkil etildi.
Manzil: Istanbul shahri, Beshiktosh tumani, Levent mahallasi, Lale ko‘chasi 8-uy.
Bundan tashqari, fuqarolarimizning o‘z konstitutsion huquqlaridan foydalanishlariga qulay sharoit yaratish maqsadida Boshkonsulxona tomonidan quyidagi manzillarda muddatidan oldin ovoz berish tashkil etilmoqda:
- 16 oktabr kuni Bursa shahridagi O‘zbekistonning faxriy konsulligi ofisi. Manzil: Altinova mah. Istanbul cad/N398 Akyildiz Markazi markazi;
- 17 oktabr kuni Istanbul shahri Fotih tumanidagi “Blu Marmaray mehmonxonasi” (“Blue Marmaray Hotel”). Manzil: Katip Kasim mah/Guvenlik cad. №43 Yenikapı/Istanbul;
- 20 oktabr kuni Istanbul shahri Kadikoy tumanidagi “Turkpermit” firmasining ofisi. Manzil: Osmanaga mah/Kirtasiyeci sk 36-uy.
Saylovda ishtirok etuvchi fuqarolar www.saylov.mfa.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishi lozim. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar