Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvlarni aniq va manzilli tashkil etish choralari ko‘rilmoqda.
Jumladan, aliment ijro hujjatlari hisobini yuritishda qarzdorga nisbatan majburiy ijro harakatlari ya’ni, qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklarini aniqlash va xatlash, banklardagi hisob raqamlarini aniqlash hamda band solish, yashash manzili bo‘yicha mulkiy axvolini tekshirish, qarzdorning chetga chiqish huquqlarini vaqtinchalik cheklash, qarzdorga nisbatan qidiruv e’lon qilish kabi harakatlarni amalga oshirish masalasini hal etish borasida ish yurituvdagi ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlarning aktual ma’lumotlari qayta xatlovdan o‘tkazilib, MIB-portal elektron dasturiga kiritildi.
Shuningdek, ma’lumotlarni dasturga kiritilishi natijasida qarzdorlarning ijro hujjati bo‘yicha barcha harakatlarini shu jumladan oyma-oy vujudga kelayotgan qarzdorlik nazoratini yuritish imkoniyatini beradigan dasturiy maxsulot yaratildi.
“Aloqabank” AT tomonidan 17 mingdan ortiq aliment undiruvchilariga bank plastik kartalari yetkazib berilgan.
Joriy yilning fevral oyidan boshlab Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi va tuman bo‘limlariga oylik undiruv rejalarini tuzish hamda amalga oshirilgan ishlar haqidagi ma’lumotlarni olishda faqat “MIB-portal” dasturiy ta’minotidan foydalanib kelinmoqda.
Tamomlangan jinoyat ishlari bo‘yicha jami 261 mln. so‘m miqdorida moddiy zarar aniqlanib, shundan 90 mln. so‘mi surishtiruv jarayonida undirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi