Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlatimiz rahbari Navoiy shahridagi «Farhod» madaniyat saroyida viloyatdagi milliy madaniy markazlar vakillari bilan muloqot qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
«Sizlarga ma’lumki, yurtimizdagi ahillik, totuvlikni mustahkamlashga alohida e’tibor berayapmiz. Buning natijasida hayotingizda nimalar o‘zgardi? Nima muammolar, qanday takliflar bor? Shular haqda sizlar bilan yurakdan gaplashgani keldim», — dedi Prezident.
Ko‘p millatli Navoiy viloyati — xalqlar do‘stligi va o‘zaro anglashuvining yorqin ifodasi. O‘zbek, qozoq, qoraqalpoq, tojik, rus, koreys va ko‘plab boshqa millat vakillari bir oila a’zolaridek yashab, yurtimiz rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Viloyatda 8 ta milliy madaniy markaz faoliyat yuritmoqda. Maktablarda o‘qitish 7 tilda yo‘lga qo‘yilgan.
Uchrashuvda qatnashgan turli millat va elat vakillari ularning o‘qib, ishlashi, madaniyatini saqlashi uchun keng sharoit yaratilganini ta’kidlashdi. O‘zlari, farzandlari erishayotgan muvaffaqiyatlarni so‘zlab berishdi. Madaniy markazlar uchun binolar ajratilgani, 30 iyul mamlakatimizda Xalqlar do‘stligi kuni etib belgilangani qayd etildi.
«Bugun saylovchilar bilan uchrashuvda bu qutlug‘ bayramni kelgusi yili Navoiy viloyatida katta tantana bilan nishonlash taklifini bildirdim, — dedi Shavkat Mirziyoyev. — Shuningdek, 2022 yilda Navoiyda ko‘p millatli xalqimiz birligining ramzi sifatida Do‘stlik bog‘ini barpo etishni rejalashtirganmiz».
Prezident yurtimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, turli diniy konfessiyalar uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan siyosat izchil davom ettirilishini ta’kidladi.
Davlatimiz rahbari shu bilan Navoiy viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi