18:50 / 15.10.2021
1 552

O‘zbekiston «korrupsiya mavjud emasligi» indikatorida yuqoriladi

O‘zbekiston «korrupsiya mavjud emasligi» indikatorida yuqoriladi
World Justice Project tashkiloti tomonidan Huquq ustuvorligi indeksining 2021 yilgi nashri e’lon qilindi. E’tiborli tarafi, indeksda O‘zbekiston 14 pog‘ona yuqorilab, bu borada eng yaxshi natija ko‘rsatgan 3 ta davlatdan biriga aylandi. Mamlakatimiz umumiy reytingda 85-o‘rindan joy olgan, deb xabar bermoqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov.

Tadqiqotda keltirilishicha, aynan korrupsiya mavjud emasligi indikatori bo‘yicha O‘zbekiston 89-o‘rindan birdaniga 19 pog‘ona ko‘tarilib, 70-o‘rinni egallagan. Bu boshqa indikatorlar bilan solishtirganda eng yuqori o‘zgarishdir. Qayd etilishicha, o‘tgan yilgi hisobotdan farqli o‘laroq joriy yilgi nashrda yana 11 ta mamlakat indeksi ham qo‘shilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston «korrupsiya mavjud emasligi» indikatorida yuqoriladi