O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 15 oktabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining videoanjuman shaklida o‘tgan yubiley majlisida ishtirok etdi.
Kun tartibiga muvofiq delegatsiyalar rahbarlari tashkilot faoliyatining 30 yillik davrida ko‘p tomonlama hamkorlikning rivojlanishi va erishilgan yutuqlar yuzasidan fikr almashdilar, iqtisodiy, huquqiy va madaniy-gumanitar sohalarda, shuningdek, mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikka tahdid solayotgan zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi kurashishdagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdilar.
Davlatimiz rahbari o‘z nutqida MDH doirasidagi sheriklikni mustahkamlashning muhim yo‘nalishlari yuzasidan nuqtai-nazarini bayon qildi. Hamdo‘stlik mamlakatlarida barqaror iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash muhim ekani alohida ta’kidlandi.
Pandemiya oqibatlari o‘z ta’sirini ko‘rsatayotgan bugungi sharoitda savdo-iqtisodiy sheriklikda ijobiy sur’at saqlanib qolmoqda. Jumladan, joriy yil boshida O‘zbekistonning MDHdagi hamkorlari bilan ikki tomonlama savdosi hajmi qariyb o‘ttiz foizdan ziyod oshdi. Ayni paytda tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari ham miqdor, ham sifat jihatidan ortib bormoqda.
Shu bilan bir qatorda Hamdo‘stlik makonida erkin savdo hududining istisnolik va cheklovlarsiz, to‘laqonli faoliyat yuritishi zarurligi qayd etildi. Shu munosabat bilan kompleks tahlil asosida birlashma doirasidagi savdo siyosatini yanada liberallashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish taklif etildi.
Qo‘shma loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va biznesning uzoq muddatli loyihalarini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Prezidenti sanoat kooperatsiyasini rivojloantirishni MDH makonining 2022 yilgi iqtisodiy kun tartibining muhim masalasi sifatida belgilashni taklif qildi.
Bugungi kunda O‘zbekiston tashabbusi bilan hamkorlik bo‘yicha tegishli uzoq muddatli dastur tayyorlanmoqda. Kelgusi yilda mamlakatimizda Hamdo‘stlikda sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha forum va ko‘rgazma o‘tkaziladi.
Davlatimiz rahbari samarali mintaqalararo va transqit’aviy transport yo‘laklari tizimini, shu jumladan yuk tashish tariflarini pasaytirish va tartibotlarini soddalashtirish orqali yanada rivojlantirish zaruriyatiga alohida e’tibor qaratdi.
O‘zbekiston qo‘shma innovatsion dasturlarni faol ilgari surish va yosh tadbirkorlarni jalb qilgan holda startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlashning ham tarafdoridir. Hamdo‘stlik mamlakatlarining texnologik va IT-parklari o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha dastur ishlab chiqish tashabbusi ilgari surildi.
MDH Iqtisodiy kengashi faoliyatiga mamlakatlarning ishbilarmon doiralari va hududlari vakillarini jalb qilish orqali kengash faoliyatini kuchaytirish muhim ekani ta’kidlandi.
Bundan tashqari, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va “yashil” kun tartibini ilgari surish, biologik xavfsizlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish, mehnat bozorini takomillashtirish, o‘zaro sayyohlar oqimini qayta tiklash va madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Afg‘onistondagi vaziyat to‘g‘risida so‘z yuritar ekan, O‘zbekiston Prezidenti afg‘on xalqiga insonparvarlik va iqtisodiy yordamni davom ettirish maqsadga muvofiq ekanini ta’kidladi.
Ayni paytda terrorizm va narkotrafikka qarshi kurashish borasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.
Davlatimiz rahbarini so‘zining yakunida O‘zbekiston MDH mamlakatlari xalqlarining farovonligi yo‘lidagi sheriklikda aniq natijalarga erishish maqsadida konstruktiv muloqotni davom ettirish va yaqindan hamkorlik qilishda qat’iy ekanini tasdiqladi.
Sammit yakunida tashkilotning 30 yilligi munosabati bilan bayonot, biologik xavfsizlikni ta’minlash, migratsiya sohalarida hamkorlik to‘g‘risida bayonotlar, Oliy sudlar vakillarining kengashini tuzish to‘g‘risida bitim hamda ko‘p tomonlama hamkorlikning turli yo‘nalishlariga doir boshqa qator muhim hujjatlar qabul qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi