1 677
Surxondaryoda qizini tekshirgan sud-ekspertiza xodimini haqoratlagan shaxs 10 sutkaga qamaldi
Foto: Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati
Surxondaryo viloyatida sud-tibbiy ekspertiza xodimini haqorat qilib, ichki ishlar xodimlari tomonidan kaltaklangani haqida xabar tarqatgan erkakka chora ko‘rildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 20 iyul kuni Termiz shahrida yashovchi fuqaro M.S. tuman IIBga murojaat qilib, 2005 yilda tug‘ilgan qizi M.S.ni mahalladoshlari fuqaro K.T. va F.Z. kimsasiz joyga olib borib, kiyimlarini yechib, turli uyatli ishlar qilganini bildirgan. Ariza 26 iyul kuni Angor tumani IIBda qayd etilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borishga kirishilgan. Viloyat sud-tibbiyot ekspertiza byurosining xulosasiga ko‘ra, M.S.ning tanasida tan jarohatlari va ularning qoldirgan izi aniqlanmagan.
Qayd etilishicha, 16 avgust kuni fuqaro F.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 128-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 6 oktabr kuni jabrlanuvchi qizning otasi G.Sh viloyat sud-tibbiy ekspertizasi binosiga kelib, ekspert-xodimni haqorat qilgan.
Bino yonida turgan IIB xodimlari undan jamoat tartibini buzmasligini talab qilgan, ammo erkak haqorat qilishda davom etgan. Shu sababli xodimlar G.Sh.ni shahar IIBga olib borish maqsadida avtomashinaga mindirmoqchi bo‘lganida u faol qarshilik ko‘rsatgan. Oqibatda IIO xodimlari unga kuch ishlatib, Damas’ga mindirgan.
Bundan tashqari, I.M. ismli ayol fuqaro G.Sh. uni 11 avgust kuni uyali telefon orqali qo‘pol so‘zlar bilan haqorat qilganini aytib, murojaat yo‘llagan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudida 6 oktabr kuni fuqaro G.Sh. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi 1-qismi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan aybli deb topilib, unga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Videomurojaat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Mazkur ish viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»