22:22 / 21.10.2021
1 756

DXX bir qancha shaxslarni jinoyat ustida qo‘lga tushirdi

DXX bir qancha shaxslarni jinoyat ustida qo‘lga tushirdi
Uchtepa va Mirobod tumanlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir ko‘ra, «Z.F.» MCHJga qarashli dorixona sotuvchilari S.J. va R.A.lar fuqaro A.ga shifokor retseptisiz, kuchli ta’sir qiluvchi 1 dona «Tropikamid» va 6 dona «Zardeks» nomli dori vositalarini 200 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan tegishli hujjatlari bo‘lmagan 329 dona «Karbamazepin» 45dona «Zardeks» va 27 dona «Tropikamid», nomli dori vositalari saqlanilayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Mirobod tuman bo‘limi tomonidan DXXning Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «F.M.» MCHJga qarashli dorixonada sotuvchisi S.R. xorijda ishlab chiqarilgan 2 dona «Zardeks» nomli dori vositasini xaridorga 40 ming so‘mga sotganligi aniqlanib, ushbu dorixonadan tegishli hujjatlari bo‘lmagan 101 dona «Zardeks», 68 dona «Regapen», 20 dona «Tropikamid» hamda S.R.ning avtotransport vositasidan yana 120 dona «Tropikamid» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX bir qancha shaxslarni jinoyat ustida qo‘lga tushirdi