Navoiy viloyati «Tinchlik» lokomotiv deposiga qarashli teplovoz o‘ziga biriktirilgan yuk poyezdini Mustaqillik – Uchquduq yo‘nalishida tortib kelayotgan vaqtda temir yo‘llarda qarovsiz yurgan 3 bosh tuyani urib yuborgan.
Hodisa ertalabki 7:50 larda sodir bo‘lgan. Yo‘ldagi tuyalarni ko‘rgan mashinist va uning yordamchisi tezlikni pasaytirib, ogohlantiruvchi signalni va tezkor tormozni bosgan. Shunga qaramasdan tuyalar yo‘ldan qochmagan va poyezd urib yuborishi natijasida nobud bo‘lgan.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilganda tuyalar Uchquduq tumani Shanhar ovuliga tegishli ekanligi aniqlangan. Chorva egalariga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 113-modda 2-qismiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, jarimaga tortilgan.
Voqeadan so‘ng mas’ullar teplovozni ko‘zdan kechirgan. Markaziy dispetcher ruxsati bilan 08:10 da poyezd o‘z yo‘nalishi bo‘yicha harakatni davom ettirgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?