Foto: Repost
Toshkent viloyatining Krasnogorsk shaharchasida keksa yoshdagi ayolni uyida daydi itlarni parvarish qilayotgani uchun o‘ldirmoqchi bo‘lishdi, deb xabar bermoqda Repost.
Ma’lum bo‘lishicha, L.V. ismli ayolga nisbatan uch marta suiqasd qilishga urinishgan. Mahalliy ichki ishlar xodimlari esa holatga bee’tibor yondashgan.
«To‘rtta itim bor. Ularni parvarishlab, boqqanim uchun uch marta o‘ldirishga urinishdi. Bir necha bor uyimga bostirib kirishdi, hujjatlarimni qidirib, meni Rossiyaga chiqarib yubormoqchi bo‘lishdi. Qayerga murojaat qilmay, menga yordam berishmadi. So‘nggi martasida guruh bo‘lib kelishgan. Blogerlarni izladim, ammo topolmadim, OAV ham jim. Yanvarda marhum o‘g‘limning dafn marosimi o‘tkaziladi, bu turishda ungacha yetib borolmayman», — deydi keksa ayol.
Holatga guvoh bo‘lgan ayol tafsilotlarni ochiqladi. Uning aytishicha, keksa ayolning o‘g‘li ichki ichlar xodimlari tomonidan kaltaklanib o‘ldirilgan va Qo‘yliqdagi ko‘prik ostiga tashlab yuborilgan.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari jasadni topib, ayolga topshirgan. U esa prokuraturaga Krasnogorsk IIB ustidan ariza bilan murojaat qilgan. Shundan so‘ng mahalliy ichki ishlar xodimlari L.V.ni har tomonlama ta’qib qila boshlagan.
Bundan tashqari, uni ikki ayol kaltaklagani aytilgan. Keksa ayol sayr qildirib yurgan itlardan biri homilador ayol K.M.ga tashlangan. U qochib ketib, buvisiga shikoyat qilgan. Ertasi kuni esa ikki ayol L.V.ni kaltaklagan.
Ichki ishlar vazirligi holatga izoh berdi. Unga ko‘ra, fuqaro L.V.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasi 2-qismi (qasddan yengil tan jarohati yetkazish), 110-moddasi 2-qismi (it va mushuk boqish qoidalarini buzish) va fuqaro K.M.ga nisbatan shu kodeksning 52-moddasi 2-qismi bilan belgilangan javobgarliklar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish va ma’muriy jazoga tortishni rad etish bo‘yicha qaror qabul qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi