Respublikamiz bojxonachilari ozon qatlamini himoya qilishga ham o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelishmoqda. Ya’ni, tarkibida ozon yemiruvchi moddalar bo‘lgan tovarlarni bojxona nazoratidan yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishlarga o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.
Jumladan, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining tezkor tuzilmalari tomonidan “Olot” chegara bojxona postida qo‘shni davlat orqali xorijdan kirib kelgan yuk avtomashinasi o‘rnatilgan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Hujjatlarga ko‘ra, mazkur yuk avtotransport vositasiga qiymati 21 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi salkam 21,7 tonna og‘irlikdagi tarkibida ozonni buzuvchi moddalar bo‘lgan 3 turdagi 1290 dona freon gaz ballonlari ortilgan edi.
Ammo tovarlarni ko‘zdan kechirish jarayonida mazkur freonlarning qadoqlaridagi 22 raqami qo‘lbola tarzda yopishqoq yorliqlar ko‘magida 134 raqamiga o‘zgartirilgani fosh bo‘ldi. Ya’ni, “Xlordiftormetan R22” moddasini hujjatlarda go‘yoki “Tetraftoretan 134a” tarzida ko‘rsatish orqali yuk egalari ushbu tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalarsiz olib kirmoqchi bo‘lishgan.
Hozirda qiymati 2,7 mlrd. so‘mlik 1290 dona freon gaz ballonlari vaqtinchalik saqlovga olindi. Mazkur holatlar yuzasidan esa bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi