13:47 / 29.10.2021
1 367

Uchuvchisiz uchish qurilmasi to‘xtatib qolindi

Uchuvchisiz uchish qurilmasi to‘xtatib qolindi
Uchuvchisiz uchish qurilmalarini yurtimizga turli nayranglarni qo‘llagan holda yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Navoiy xalqaro aeroportiga xorijiy avireys bilan uchib kelgan fuqaro B.G. o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada, ushbu shaxsning yuklari orasida 1 dona uchuvchisiz uchish qurilmasi borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 may kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-534-sonli Qonunning 1-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 2444-moddasi bilan to‘ldirilgan bo‘lib, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish bo‘yicha jinoiy javobgarlik belgilangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uchuvchisiz uchish qurilmasi to‘xtatib qolindi