15:33 / 29.10.2021
1 595

Andijonda 600 dona pirotexnika vositasini olib kirishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi

Andijonda 600 dona pirotexnika vositasini olib kirishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi
Respublikamiz bojxonachilari tomonidan pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi doimiy kurash olib borilmoqda.
Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan “Do‘stlik” chegara bojxona postida piyoda ravishda kirib kelgan qo‘shni davlat fuqarosi Z.K. belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada, ushbu shaxs egnidagi kurtkasi cho‘ntaklarida 600 dona pirotexnika vositalarini bojxona nazoratidan yashirincha olib kirmoqchi bo‘lganligi aniqlandi. Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvi va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartiblarga ko‘ra pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, olib chiqish yoki o‘tkazish uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda 600 dona pirotexnika vositasini olib kirishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi