
Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan va Farg‘ona viloyatlari bo‘yicha boshqarmalari xodimlari tomonidan valyuta qimmatliklarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda Farg‘ona tumanining Qirg‘iziston Respublikasi bilan chegaradosh hududi bo‘ylab harakatlanayotgan, 1980 y.t. mahalliy fuqaro boshqaruvidagi «Neksiya-3» rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.
Tekshiruv natijasida, avtomashina salonida 373 ming 717 AQSH dollari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Aniqlanishicha, qonunbuzar 100 AQSH dollari evaziga ushbu xorijiy valyutalarni aylanma yo‘llar orqali Qirg‘iziston Respublikasiga o‘tkazib berishi kerak bo‘lgan.
Shuningdek, tezkor qidiruv tadbirlari doirasida uning jinoiy aloqasi hisoblangan - Oltiariq tumanida yashovchi, 1991 y.t. fuqaro ham hibsga olindi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar