
Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanida yo‘l-transport hodisasiga uchragan yigit halok bo‘ldi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 2 noyabr kuni soat 04:20 larda Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, Qaynar M.F.Y. hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1143-kilometrida haydovchi, 1990 yilda tug‘ilgan J.J. «Nexia» rusumli avtomobilni boshqarayotib, ehtiyotsizligi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetidagi katta toshga urilib, ag‘darilib ketgan.

YTH natijasida avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan. Yonayotgan mashinadan haydovchini chiqarib olishning imkoni bo‘lmagan.
Haydovchi, YTH hamda yong‘in oqibatida hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Kitob tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shu kuni haydovchining to‘y kuni bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar