Farg‘ona viloyati IIB Oltiariq tumanida istiqomat qiluvchi ayolning turmush o‘rtog‘i uni va farzandlarini uydan haydab yuborgani, erkak o‘z qizlariga tegajog‘lik qilib kelgani aytilgan videomurojaatga munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Oltiariq tumanida istiqomat qiluvchi H.Y.ning turmush o‘rtog‘i uni va farzandlarini uyidan haydab yuborgani to‘g‘risida xabar tarqaldi. Ta’kidlanishicha, oila birga yashagan vaqtida er muntazam giyohvand vositalar iste’mol qilib, janjal ko‘targan va o‘z qizlariga tegajog‘lik qilib kelgan.
Farg‘ona viloyati IIB tomonidan mazkur xabar o‘rganilganda haqiqatan ham H.Y.ning turmush o‘rtog‘i U.Y. muqaddam Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasiga (yengil tan jarohati yetkazish) asosan javobgarlikka tortilgani aniqlangan. Shuningdek, voyaga yetmagan o‘z qizini urib, tan jarohati yetkazgani uchun unga nisbatan Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va jinoyat ishi Oltiariq tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, unga nisbatan tegishli jazo tayinlangani ma’lum bo‘lgan.
Bundan tashqari, videoxabarda keltirilganidek, U.Y. o‘z uyida giyohvand vositalarni yetishtirgani yoki iste’mol qilgani, o‘z qizlariga tegajog‘lik qilgani yuzasidan IIOga biror-bir murojaat kelib tushmagan. Ayolning aytishicha, uyidan narsalar (giyohvand vositalar — tahr.) topilgan bo‘lsa-da, uchastka inspektorlari hech qanday chora ko‘rmagan, «bosti-bosti» qilib yuborgan.
«Shu sababli xabarda keltirilgan holatlarga huquqiy baho berish maqsadida tergovga qadar tekshiruvlarga kirishildi. Uning yakuniga qadar qonuniy qaror qabul qilinadi», — deyiladi munosabatda.
Shuningdek, videoxabarda IIOga bog‘liq holatlar yuzasidan viloyat IIB tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlangan. Mazkur holat Farg‘ona viloyati prokurori va IIB boshlig‘i tomonidan alohida nazoratga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi