
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbahor tumanlararo sudining 2021 yil 27 iyuldagi fuqaro A.Q. va Sh.M.larni Nurota tumanidagi qorako‘l-naslchilikka ixtisoslashgan mas’uliyati cheklangan jamiyatiga ishga tiklash haqidagi ijro hujjatlari yuzasidan Byuroning Nurota tuman bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borilgan.
Ijro harakatlari davomida mas’uliyati cheklangan jamiyatning “Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida”gi buyrug‘i bekor qilinib, asossiz bo‘shatilgan xodimlar avvalgi ish joyiga tiklanishi ta’minlandi.
Ma’lumot uchun, ushbu xodimlar muqaddam ijtimoiy tarmoqlarda ishga tiklanishida ijro harakatlari kechikayotganligi haqida ham tanqidiy xabaralar berishgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar