2 301
Qashqadaryoda 13 200 dona pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Bugungi kunda bojxona organlari tomonidan pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga hamda oldi-sotdisiga qarshi keskin choralar ko‘rilmoqda. Bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan yaqindan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda oldindan olingan tezkor ma’lumot asosida Qarshi shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, shaharda joylashgan mehmonxonalardan birining oldida turgan fuqaro A.T. 6000 dona pirotexnika vositalarini qonunga zid ravishda sotmoqchi bo‘lgan vaqtida to‘xtatib qolindi.
Shuningdek, ushbu fuqaro o‘zi yashab kelgan xonadonidan yama sifatida foydalanib, kelgusida sotish maqsadida 7200 dona pirotexnika vositalarini noqonuniy saqlab kelganligi fosh etildi.
Hozirda mazkur 13200 dona pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida olinib, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi