21:15 / 10.11.2021
1 810

Damasga yashirilgan tamaki mahsulotlari fosh bo‘ldi

Damasga yashirilgan tamaki mahsulotlari fosh bo‘ldi
Yurtimizga maxsus aksiz markalari bilan markalanmagan tamaki mahsulotlarini turli nayranglarni qo‘llagan holda olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Yangiqo‘rg‘on tumanining chegara oldi hududida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida fuqaro X.Z. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina to‘xtatilib belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi. Natijada, ushbu avtomashinaning xufiya joylariga yashirilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan 50 million so‘mlik 2500 quti O‘zbekiston Respublikasi aksiz markasiga ega bo‘lmagan tamaki mahsulotlari borligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Damasga yashirilgan tamaki mahsulotlari fosh bo‘ldi