
Majburiy ijro byurosi Nurobod tuman bo‘limi ish yurituviga Pastdarg‘om tumanlararo iqtisodiy sudning 2021 yil 29 sentabrdagi qarori bilan “Oil extraktion” KK mas’uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi – “Urgut EIZ” Davlat unitar korxonasi foydasiga mavjud qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.
Mazkur ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan va ijro ishi yuritilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdordan 150 mln. 263 ming so‘m qarzdorlik undirildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar