07:49 / 13.11.2021
3 227

Qashqadaryoda to‘rt xotinli erkak, ikki xotinining qotiliga aylandi

Qashqadaryoda to‘rt xotinli erkak, ikki xotinining qotiliga aylandi
Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida yashovchi to‘rt xotinli erkak, ikki nafar xotinining qotiliga aylandi. Mazkur qotillik voqeasi haqida qisqacha axborot bergan viloyat IIB axborot xizmati kosonlik erkak ikkinchi xotinini 2019 yil o‘ldirib, quduqqa tashlab yuborganini oshkor qildi.

«Koson tumanida yashovchi T.Q. mast holda tayoq bilan xotini X.G.ni urib, qo‘l va oyoqlarini sindirib, qasddan o‘ldiradi va jasadni quduqqa tashlab, tuproq bilan ko‘mib yuborganligi aniqlandi», — deyiladi viloyat IIB axborot xizmati xabarida.

«Daryo» muxbirining Koson tuman prokurori Faxriddin Jovliyevga tayanib xabar berishicha, kosonlik fuqaroning dastlabki qotilligi 1986 yil sodir etilgan bo‘lib, fuqaro o‘sha yili birinchi xotinini o‘ldirib qo‘ygan.

«1965 yil tug‘ilgan fuqaro birinchi xotiniga shisha otib o‘ldirib qo‘ygan. Shu qilmishi uchun 13 yil qamalib chiqqan fuqaro, chiqqach yana uylangan. Ikkinchi xotini bilan ma’lum muddat yashagach, ayol eri bilan ajrashgan. T.Q. esa uchinchi va to‘rtinchi xotinga uylangan», — deydi Koson tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Nodira Qodirova.

Nodira Qodirovaning ma’lumot berishicha, kosonlik fuqaroning ikkinchi qotilligi — uchinchi xotinini o‘ldirib, quduqqa tashlab yuborganini erkakning 15 yoshli qizi oshkor qilgan.

«Mazkur qotillik muhokamasida marhumning opasi ham so‘z olib, jiyani 2019 yil bexosdan yo‘q bo‘lib qolgan onasining qayerga ketganini, hech kimga aytmagan. So‘raganlarga esa ‘onam chiqib ketib, qaytib kelmadi’ deya javob berib kelgan. Ammo ikki yildan so‘ng bu qotillikni oshkor qilgan. Sababi erkak ayni paytda yashayotgan to‘rtinchi xotinini ham ayovsiz kaltaklaganini ko‘rgan qiz unga mehribonlik qilayotgan o‘gay onasi ham o‘zining onasi kabi o‘ldirib yuborilishidan qo‘rqqan va barcha sirni — otasining onasini urib o‘ldirib qo‘ygani va qaysi quduqqa ko‘mib yuborganini aytib bergan», — deydi Nodira Qodirova.

Ma’lum bo‘lishicha, 56 yoshli erkakning shafqatsizligi oqibatida vafot etgan marhuma 1981 yil Chiroqchi tumanida tug‘ilgan bo‘lib, qotil eridan bir nafar farzandi qolgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda to‘rt xotinli erkak, ikki xotinining qotiliga aylandi