13:41 / 13.11.2021
1 763

Ona va farzandlarining uyga kiritilishi yakunlandi

Ona va farzandlarining uyga kiritilishi yakunlandi
Majburiy ijro byurosining Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituvida FIB Mirobod tumanlararo sudining 23.11.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor A.T.dan undiruvchi N.T. foydasiga voyaga yetmagan ikki nafar farzandlari bilan birgalikda Yashnobod tumani, Ohangrabo ko‘chasida joylashgan xonadonga kiritish yuzasidan qo‘zg‘atilgan ijro ishi mavjud edi.

Mazkur ijro hujjati bo‘lim davlat ijrochisi J.A’zamov tomonidan o‘rganilganda ayol turmushdagi o‘zaro kelishmovchiliklar sababli nizo chiqib voyaga yetmagan farzandlari bilan boshpanasiz qoladi.

Shunga ko‘ra, ayol uyga kirib farzandi bilan yashashi uchun sudga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor davlat ijrochisining qonuniy talabini uzrsiz sabablar bilan bajarishdan bo‘yin tovlab kelgani sabab qarzdorga majburiy ijro choralari qo‘llanilgan.

Shundan so‘ng, fuqaro N.T. voyaga yetmagan farzandlari bilan birgalikda Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Ohangrabo ko‘chasida joylashgan xonadonga kiritilib, yashash uchun sharoit ta’minlanganligi sababli ijro hujjati ijrosi tamomlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ona va farzandlarining uyga kiritilishi yakunlandi