Foto: Qashqadaryo viloyati FVB
Qarshida «Xalq banki» filialiga qarashli kichik shoxobchada 14 noyabr kuni yong‘in yuz berdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati FVB xabar berdi.
Qayd etilishicha, Islom Karimov ko‘chasida joylashgan ushbu bank shoxobchasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar Qarshi shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga soat taxminan 11:02 lar atrofida kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, 2-yong‘in-qutqaruv qismidan 2 ta bo‘linma voqea joyiga yetib borgan va yong‘inni soat taxminan 11:15 lar atrofida to‘liq o‘chirgan. Yong‘in oqibatida bank shoxobchasining 8 metr kvadrat maydonda tom qismi va tashqi qoplamasi zarar ko‘rgan. Binoning 82 metr kvadrat maydoni hamda ichidagi jihozlari yong‘indan saqlab qolingan.
Foto: Qashqadaryo viloyati FVB
Aniqlanishicha, yong‘in elektr kabellarining qisqa tutashuv natijasida sodir bo‘lgan va hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?