
Foto: SSV matbuot xizmati
Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev boshchiligida ishchi guruh tuzilib, 13 noyabr tunda poytaxt shifoxonalaridagi vaziyat o‘rganilgan. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Shundan so‘ng 14 noyabr tonggi soat 04:30da Toshkent shahrida bolalar o‘rtasida o‘tkir respirator kasalliklar tarqalishi bilan bog‘liq muammolarni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida Sog‘liqni saqlash vaziri boshchiligida shoshilinch yig‘ilish o‘tkazilgan.
«Natijada o‘sha kunning o‘zida o‘rganish xulosalari tahlil qilinib, poytaxtdagi shifo maskanlarida 600 dan ziyod qo‘shimcha o‘rin-joylar tashkil etildi hamda ona va bolalarga davolanishlari uchun yetarli sharoitlar yaratildi», deyiladi vazirlik xabarida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar