Foto: Getty Images
E vitamini yoki tokoferol – hujayralarni erkin radikallar tomonidan zararlanishdan himoya qiluvchi antioksidantdir. Zararlanish tabiiy metabolizm, shuningdek sigaret tutuni, ultrabinafsha va boshqa salbiy ekologik omillar ta’siri ostida paydo bo‘ladi.
E vitamini quyidagi ko‘plab vazifalarni bajaradi:
- immunitet tizimini mustahkamlaydi;
- qizil qon hujayralarini shakllantirishga yordam beradi, qon tomirlarini kengaytiradi va qon ivishining oldini oladi;
- K vitamini metabolizmida ishtirok etadi;
- tana hujayralarida metabolizmni tartibga soladi.
Har bir inson kuniga ma’lum miqdorda tokoferolga muhtoj, bu yoshga va boshqa omillarga bog‘liq:
6 oygacha bo‘lgan bolalar – 4 mg;
7 oydan 12 oygacha – 5 mg;
1 yoshdan 3 yoshgacha – 6 mg;
4 yoshdan 8 yoshgacha – 7 mg;
9 yoshdan 13 yoshgacha – 8 mg;
14—18 yoshdagi o‘smirlar, kattalar, homilador ayollar – 15 mg; emizikli onalar – 19 mg.
Qaysi mahsulotlarda E vitamini mavjud?
Mutaxassislarning fikricha, tabiiy mahsulotlar tokoferolga bo‘lgan ehtiyojni juda yaxshi qondiradi.
Yog‘lar
Har qanday o‘simlik yog‘ida ko‘p miqdorda E vitamini mavjud. Masalan, 100 gramm kungaboqar yog‘i kattalar uchun kunlik ehtiyojning 457 foizini o‘z ichiga oladi; 100 gramm zaytunda – 139 foiz; yeryong‘oq – 100 foiz.
Yong‘oqlar
Ular juda ko‘p yog‘larni o‘z ichiga oladi, shuning uchun E vitamini ham yong‘oqlar tarkibida yetarlicha mavjud.
Bodom – 100 g kattalar kundalik ehtiyojining 126 foizini o‘z ichiga oladi.
Funduk – 100 foiz.
Yong‘oq – 55 foiz.
Urug‘lar
Urug‘lar ham yong‘oq kabi foydali. Agar 100 gramm kungaboqar pistasi iste’mol qilinsa, tokoferolning kunlik ehtiyojning 171 foizini olish mumkin. Shuningdek, qovoq urug‘lari E vitaminining kunlik dozasining 14,5 foizini o‘z ichiga oladi.
Yashil sabzavotlar
Ular sariyog‘ va yong‘oqlardan farqli, ammo 100 gramm ismaloqda tokoferolning kunlik qiymatining 13 foizi, brokkoli esa 9 foizini tashkil qiladi.
Avokado
Avokado ham E vitaminini o‘z ichiga oladi. Agar ushbu mevadan 100 gramm iste’mol qilinsa, kunlik qiymatning 14 foizni olish mumkin.
Qanday sabablarga ko‘ra organizmda E vitamini tanqisligi yuzaga keladi?
Bu holat juda kam uchraydi, ko‘pchilik oziq-ovqatdan yetarli miqdorda tokoferol oladi. Tanqislik faqat tananing yog‘larni parchalay olmaydigan sharoitlarda paydo bo‘lishi mumkin.
Agar shunga qaramay, odam kerakli miqdordagi tokoferolni olmasa, uning nervlari va mushaklari shikastlanadi, qo‘l va oyoqlarda sezuvchanlik susayadi va tana harakatlari ustidan nazorat yo‘qoladi. Ba’zilarda esa ko‘rish qobiliyati pasayadi. Qolaversa, tanqislikning yana bir belgisi sifatida immunitetning susayishi kuzatiladi.
E vitaminining xavfli tomonlari bo‘lishi mumkinmi?
Mahsulot tarkibidagi tokoferol toksik emas va u mutlaqo zararsiz. Xavf faqat odam kuniga 1000 mg dan ortiq tokoferol iste’mol qilganda paydo bo‘ladi. So‘ngra qonni suyultirish tufayli qon ketish xavfi mavjud. Shuning uchun vitamin qo‘shimchalarni qabul qilishda, albatta, shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi