19:28 / 23.11.2021
3 371

Toshkent viloyatida Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
Foto: Toshkent viloyati IIBB
Toshkent viloyatining Toshkent tumanida «Katiba Tavhid val-Jihod» terrorchilik tashkilotining yashirin jamoati a’zolari qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 23 noyabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida «Katiba Tavhid val-Jihod» terrorchilik tashkilotining yashirin jamoati a’zolari mazkur tashkilot g‘oyalarini targ‘ib qilish bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlangan va ular qo‘lga olingan.

Ular jamoat bo‘lib shakllanishlari davomida turli diniy ekstremistik va terrorchilik tashkilotlarining g‘oyaviy rahnamolari hisoblangan Abdulloh Zufar va Sodiq Samarqandiyning audio va video ma’ruzalarini tarqatgan holda saflarini kengaytirish bilan shug‘ullangan.

Bundan tashqari, jamoat a’zolari Suriyadagi jangarilarga yordam berish maqsadida moddiy mablag‘larni to‘plab kelgan va ularning saflariga qo‘shilishni maqsad qilgan.

Qayd etilishicha, ayni paytda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi