1 987
Turin politexnika universitetining 18 yoshli talabasi tengquri tomonidan urib o‘ldirildi
Toshkent shahrida 25 noyabr kuni Turin politexnika universiteti darvozasi yonida 18 yoshli ikki yigit o‘rtasidagi janjal oqibatida bir talaba halok bo‘ldi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, soat 13:00 atrofida universitet darvozasi oldida bir nechta yosh yigitlar uchrashgan. Kelishmovchilik oqibatida 18 yoshli A.R. (talaba emas) 18 yoshli Sh.R.ning (shu universitet talabasi) yuziga musht tushirgan. Zarba tufayli u yerga yiqilgan va olgan shikastlari oqibatida halok bo‘lgan.
Qayd etilishicha, gumonlanuvchi qo‘lga olingan, tergov ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mazkur modda bilan aybdor deb topilgan shaxs sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi