Bugunga qadar O‘zbekistondan Rossiyaga soddalashtirilgan tartib bo‘yicha ishga borish uchun 5 ming nafar quruvchi tanlab olindi, deb ma’lum qildi Rossiya qurilish vaziri o‘rinbosari Nikita Stasishin.
«Yaqin oylar ichida o‘n ming kishi kelishi kerak va besh ming kishi tanlab olingan. Dastlabki migrantlar patent olishiga besh kun qoldi. Ular nafaqat Moskva, balki “Vostochniy” kosmodromi, Tula, Kaluga va boshqa qator shaharlardagi qurilishlarda mehnat qiladi», — dedi u.
Stasishinning so‘zlariga ko‘ra, barcha keluvchilar «Sputnik Layt» vaksinasi bilan emlangan.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yil sentabr oyida RF Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi, qator davlat tashkilotlari va yirik ish beruvchi korxonalar vakillaridan iborat delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida mehnat migratsiyasi masalalariga bag‘ishlangan muzokaralar o‘tkazilib, qurilish sohasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun o‘zbekistonlik o‘n ming fuqaroni soddalashtirilgan tartib asosida Rossiyaga ishga jalb qilishga kelishilgan edi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari Xayrulla Umarovning ma’lumot berishicha, Rossiyaga tashkiliy tarzda ishga jo‘natish loyihasi doirasida ishchilar O‘zbekiston hududida tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Shu maqsadda, rossiyalik 40 nafar tibbiyot xodimi zaruriy tibbiy anjomlar va asbob-uskunalar bilan O‘zbekistonga yetib kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»