Toshkent shahrida yangi ekspress avtobus yo‘nalishi tashkil etish rejalashtirilmoqda, deb xabar qildi shahar transport boshqarmasi axborot xizmati.
Qayd etilishicha, 20,5 kil0metr masofali ushbu yo‘nalish 4 ta jadval asosida 23 daqiqalik oraliq interval bilan harakatlanadi.
Avtobus Chilonzor buyum bozori avtoshohbekatidan Bunyodkor, Furqat, Sebzor, Ahmad Donish ko‘chalari orqali Toshkent halqa avtomobil yo‘lida joylashgan Uchqahramon bozori yaqinidan qayrilib olib, Yunusobod mavzesi 12-daha oxirgi bekatiga qadar yo‘lovchi oqimi gavjum katta oraliq bekatlarda to‘xtab harakatlanadi.
«Yo‘l kira narxi 3000 ming so‘m etib belgilanadi», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda 7 ta yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etilishi xabar qilingandi. Shuningdek, O‘zbekiston bo‘ylab 310 ta yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etilishi, Toshkentdan «Tashmore»gacha alohida yo‘lakda harakatlanuvchi tezyurar avtobuslar yo‘lga qo‘yilishi to‘g‘risida xabar berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»