2 001
Suv korxonalari nazoratchilari tomonidan pul undirish ishlari 35ta tuman va shaharda to‘xtatiladi
2021 yil 20 may kunidan boshlab pilot loyiha tariqasida Toshkent viloyatining Qibray va Toshkent shahrining Olmazor hamda Shayxontohur tumanlarida suv ta’minoti korxonalarining nazoratchilari tomonidan xizmatlar uchun aholidan pul undirish ishlari to‘xtatilgan edi.
«O‘zsuvta’minot» AJ xabariga ko‘ra, ushbu hududlarga biriktirilgan nazoratchilar faqat belgilangan tartibdagi kuzatuv va xatlov ishlari bilan shug‘ullanib, ular tasarrufidagi to‘lov terminallari va termoprinterlar boshqa hududlarga biriktirildi.
Yetkazilgan ichimlik suvi va ko‘rsatilgan oqova suv xizmatlaridan kelgan tushumlar miqdori joriy yil yanvar-oktabr oylarida 1,3 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 519 mlrd so‘m yoki 71 foizga oshdi. Ushbu tendensiyadan kelib chiqib, joriy yil avgust-noyabr oylarida respublikamizning 32 ta tuman va shaharlarida ham ushbu loyiha amalda tatbiq etilgan edi.
Joriy yil 1 dekabrdan boshlab esa bunday tartib respublikamizning yana 35 ta tuman va shaharlarida, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus va Mo‘ynoq tumanlarida, Andijon viloyatining Asaka tumani va Xonobod shahrida, Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida, Jizzax viloyatining Zafarobod, Forish va G‘allaorol tumanlarida, Qashqadaryo viloyatining Qarshi va Dehqonobod tumanlarida, Namangan viloyatining Pop va To‘raqo‘rg‘on tumanlarida, Samarqand viloyatining Narpay tumanida, Surxondaryo viloyatining Sherobod va Bandixon tumanlarida, Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida, Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlari, Toshkent shahrining Bektemir va Yangihayot tumanlarida, Farg‘ona viloyatining barcha tuman va shaharlari, Xorazm viloyatining Shovot va Tuproqqal’a tumanlarida joriy etiladi.
Ushbu hududlarda iste’mol qilingan ichimlik suvi va foydalanilgan oqova suv xizmatlari uchun suv ta’minoti korxonalari nazoratchilari to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘lov talab qilishi holatlari yuz bersa, «O‘zsuvta’minot» Komplayens-nazorat bo‘limining +998555031055 telefon raqamiga yoki [email protected] elektron pochtasi orqali murojaat qilish mumkinligi aytilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»