Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanidagi «Zarangari» mahallasida yashovchi 5 nafar farzandning onasi o‘z turmush o‘rtog‘i tomonidan pichoqlab o‘ldirildi. Bu haqda G‘ijduvon tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Abduhalil Nosirov xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, qotillik 27 noyabr kuni soat taxminan 11:00 larda sodir bo‘lgan. 45 yoshli fuqaro Z.R. turmush o‘rtog‘i V.R. bilan o‘zlari istiqomat qilib kelayotgan xonadonda uy-joy masalasi sabab janjallashib qolgan. Janjal vaqtida Z.R. ayolining ko‘krak qafasi yuqori qismiga oshxona pichog‘i bilan bir marotaba urib, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Sud tibbiy ekspertizasi ma’lumotiga ko‘ra, marhuma o‘tkir sanchib kesuvchi jism ta’sirida chap ko‘krak yuqori qismidan jarohat olib, o‘tkir ichki va tashqi qon ketishi oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Dastlabki so‘rovlarga ko‘ra, qariyb 25 yildan buyon turmush o‘rtog‘i bilan birga yashab kelayotgan Z.R. ayolini o‘ldirgach, ichki ishlar organlariga turli noto‘g‘ri vajlar bilan ko‘rsatma bera boshlagan. Hudud inspektori Dilshod Safarovning bildirishicha, surishtiruvlar jarayonida uning noo‘rin vajlari va yolg‘onlari oshkor bo‘lgan.
«Men yaqinda ushbu hududda inspektor sifatida ish faoliyatimni boshlaganman. Surishtiruvimcha, besh nafar farzand tashvishi va ro‘zg‘or qiyinchiliklarini zimmasiga olgan marhuma bir necha yil Rossiyada ishlab kelishga majbur bo‘lgan. Musofirchilik ortidan hovli-joyini qisman ta’mirlashga erishgan. Aybdor esa jinoyati yengillashtirilishiga umid bog‘lab, o‘z xotinini xorijga borib kelgan ko‘cha ayoli sifatida ayblashga urindi. Biroq qo‘ni-qo‘shni va mahalla-ko‘y buni to‘liq rad etdi va marhumaning mehnatkash va oriyatli ayol bo‘lganini isbotladi», — dedi Dilshod Safarov.
«Zarangari» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi G‘olib Hojiyev «Daryo»ga aybdor Z.R. 2016 yilda giyohvand vositalarini yetishtirish va uni sotish jinoyati bilan ayblanib, qamoq jazosini o‘tab chiqqanini bildirdi. Uning so‘ziga ko‘ra, aybdor gohi-gohida mardikorlik qilib, faqatgina o‘z qorni g‘ami bilan tirikchilik qilib kelgan, ro‘zg‘or tebratishda ham, 5 nafar farzandini tarbiyalashda ham o‘z ayoliga yordam bermagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi