22:41 / 02.12.2021
5 137

Prezident hokimlarga shoshilinch topshiriq berdi

Prezident hokimlarga shoshilinch topshiriq berdi
Kelgusi yildan ijtimoiy ahvoli og‘ir xotin-qizlar, chin yetimlar va nogironligi bo‘lganlarga, ikkilamchi bozordan ham uy-joy olishlariga imkoniyat yaratiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev sohaga bag‘ishlangan videoselektor davomida ta’kidlab o‘tdi.

Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, aholiga qulayliklar yaratish maqsadida, yangi qurilgan uylar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ularni rasmiylashtirish, subsidiya va kredit ajratish xizmatlarini bitta joyda ko‘rsatish markazlari tashkil etiladi.

«Odamlarimiz qaysi hududda yoki qaysi quruvchida maqsadli ipoteka shartlariga to‘g‘ri keladigan xonadon bor deb, o‘ylanib yurmasligi kerak. Shu bois, bir oy muddatda Ortiqxo‘jayev poytaxtning kamida 5 ta, viloyat hokimlari esa 2 tadan hududda barcha xizmatlarni jamlagan markazlar tashkil qilsin», — deya topshiriq berdi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident hokimlarga shoshilinch topshiriq berdi