00:39 / 03.12.2021
2 669

Alimentdan qarzdor otaga qat’iy chora ko‘riladi

Alimentdan qarzdor otaga qat’iy chora ko‘riladi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Shayhontohur tumanlararo sudining 12.11.2009 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor A.Umarovdan M.Umarova foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari ta’minoti uchun 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan bo‘lib, ijro xujjati Byuroning Yashnobod tuman davlat ijrochisi Ch.Xalikova tomonidan qo‘zg‘atilgan.

Majburiy ijro harakatlarini o‘tkazish jarayonida, qarzdor ota undiruvchi M.Umarova bilan ijro varaqa chiqqanidan to hozirgi kunga qadar birgalikda umumiy ro‘zg‘or yuritmagan, shu sababli yarashtiruv ishlari yuzasidan targ‘ibot tadbirlari qolaversa tuman Bandlikka ko‘maklashish Markazi xodimlari bilan ishga joylashtirish ishlari olib borilgan, qarzdor otaga ishga kirish uchun tegishli yo‘llanma berilishiga qaramay qarzdor ishlashni hohlamagan.

Qarzdor A.Umarov yuqorida ko‘rsatilgan sudning ijro varaqasiga binoan moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan shaxsni moddiy ta’minlab turishi uchun M.Umarova foydasiga aliment mablag‘larini to‘lab borish uning majburiyati ekanligini bilsada, biroq u 2016 yilning fevral oyidan 2021 yilning fevral oyiga qadar 60 oy uchun jami 27.326.934 so‘mlik mablag‘larni to‘lashdan bo‘yin tovlab kelganligi sababi 11.02.2021 yilda Yashnobod tuman ma’muriy sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilgan va unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

A.Umarov ma’muriy jazoga qo‘llanilganidan keyin ham bundan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, M.Umarova foydasiga voyaga yetmagan shaxsni moddiy ta’minoti uchun ijro varaqasiga asosan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘larni muddatda to‘lashdan bo‘yin tovlab kelganligi uchun yana aliment qarzdorligi vujudga kelgan.

Yuqoridagilarga asosan, jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining hukmiga ko‘ra qarzdorga O‘zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, bir yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Alimentdan qarzdor otaga qat’iy chora ko‘riladi