08:55 / 03.12.2021
2 619

Dunyoning sayohatbop joylari aniqlandi, ro‘yxatda O‘zbekiston ham bor

Dunyoning sayohatbop joylari aniqlandi, ro‘yxatda O‘zbekiston ham bor
Xalqaro Condé Nast Traveler nashri 2022 yilda tashrif buyurish uchun dunyoning eng yaxshi 22 ta joyi haqida ma’lumot berdi.
Ahamiyatli jihati mazkur ro‘yxatda O‘zbekiston ham qayd etilgan.

Saytda ta’kidlanishicha, joriy yil koronavirusga qarshi vaksina butun dunyo bo‘ylab qo‘llanilib, mamlakatlar o‘rtasidagi chegaralar asta-sekin ochildi. Bu esa kelgusida dunyo bo‘ylab sayohat uchun eng yaxshi maskanlar ro‘yxatini qayta tuzib chiqishga sabab bo‘ldi.

Aytilishicha, ushbu ro‘yxatni tuzishda o‘sha joydagi taomlar, tarixiy obidalar va boshqa hordiq chiqarish uchun muhim omillar hisobga olingan. Condé Nast Traveler ushbu jihatlar asosida 2022 yilda tashrif buyurish uchun eng yaxshi deb topilgan 22 maskanni e’lon qilgan.

Ro‘yxatda Singapur, Indoneziya, Italiya, Angliya, Ispaniya, Kanada kabi davlatlar qatorida O‘zbekistonning ham nomi keltirilgan. Xususan, Samarqand shahridagi bir qator diqqatga sazovor joylar haqida ma’lumot berilgan. Shu kunlarda foydalanishga topshirilishi kutilayotgan yangi aeroport, 2012 yilda yo‘lga qo‘yilgan tezyurar poyezdlar qatnovi, 22 qavatli “Samarqand Regency” besh yulduzli mehmonxonasi va yana bir qator joylar sayohatchilarga tavsiya etilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dunyoning sayohatbop joylari aniqlandi, ro‘yxatda O‘zbekiston ham bor