
Jizzax tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor korxonadan undiruvchi “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat korxonasi foydasiga jami 1 mlrd. 446 mln. so‘m qarzdorlik undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Zafarobod tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi taraflarga yuboriladi.
Qarzdor tomonidan ijro xujjatida ko‘rsatilgan qarzdorlik so‘mmasi o‘z vaqtida to‘lanmaganligi sababli, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan olib borgan majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdor korxona tomonidan undiruvchi “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat korxonasi foydasiga jami 1 mlrd. 446 mln. so‘m to‘liq undirilib, ijro hujjati ijrosi amalda Qonunning 41-moddasi 1-bandiga asosan ish yuritishdan tamomlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar