O‘zbekistonda bog‘cha va maktablar oldida ruxsat etilgan tezlik me’yori keskin kamaytiriladi. Bu jamoat xavfsizligi konsepsiyasiga oid prezident farmoni bilan tasdiqlangan strategiyada belgilab qo‘yilgan.
Qayd etilishicha, yo‘l harakati xavfsizligini to‘liq ta’minlash borasida bir qator zamonaviy yondashuvni amaliyotga tatbiq etish ko‘zda tutilmoqda.
Xususan, maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalariga yondosh yo‘llarda tezlik me’yorlarini keskin kamaytirgan holda, ushbu me’yorlarni barcha joylar uchun yagona etib qat’iy belgilash rejalashtirilgan.
Shuningdek, shahar va tumanlarning aholi gavjum joylarida piyodalar yo‘lakchalariga piyodalar boshqaradigan svetoforlarni o‘rnatish mo‘ljallanmoqda.
Umumta’lim muassasalarida "Harakat xavfsizligi sinfxonalari", mahallalarda "Yo‘l harakatini o‘rgatish maydonchalari" tashkil etiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga yo‘l harakati xavfsizligi asoslarini o‘qitish tizimi joriy etilib, yo‘llarda, chorrahalarda va piyodalar o‘tish joylarida harakatlanish asoslarini amaliy hamda ko‘rgazmali tarzda o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»