Foto: DXX
Giyohvand moddalar nafaqat uni iste’mol qilgan kishining hayotini barbod qiladi, balki oilada va jamiyatda tuzatib bo‘lmas, salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Bularning barchasi esa alal-oqibat davlat xavfsizligiga tahdid soladi. Shu va shu kabi boshqa salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati idoralari giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi murosasiz kurash olib boradi.
Xususan, Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Farg‘ona shahrida yashovchi, 1988 y.t., muqaddam sudlangan fuqaro boshqaruvidagi «Spark» rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, uning salon qismida 4 kg. 459 gr. «opiy» va 2 kg. 975 gr. «gashish» giyohvand moddalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Tergovga qadar tekshiruv davomida, u avvalroq 1993 y.t. jinoiy sherigiga 7 kg. 969 gr. «gashish» moddasi berganligi aniqlanib, ushbu narkotiklar ham tegishli tartibda olib qo‘yildi.
Yana bir o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida esa 1973 y.t. ikki nafar fuqaroning Farg‘ona shahridagi yashash manzilida 1 kg. 110 gr. «gashish» hamda 991 gr. «opiy» moddalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Shuningdek, tadbir davomida ulardan narkotik sotib olish uchun Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlaridan kelgan ikki xaridor ham qo‘lga olindi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Xo‘jaobod tumanidagi «Do‘stlik» xalqaro nazorat o‘tkazish punktida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Andijon tumanida istiqomat qiluvchi, 1988 y.t., muqaddam sudlangan fuqaro boshqaruvidagi «Spark» rusumli avtomashinada 6 kg. 109 gr. «gashish» moddasi borligi aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda olib qo‘yildi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda «Surxondaryo - Farg‘ona» yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan, Uchko‘prik tumanida yashovchi, 1974 y.t. fuqaro boshqaruvidagi avtotransport vositasi «Umakay» YPX maskanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi. Natijada, avtomashinada xo‘jalik mollarini o‘lchashga mo‘ljallangan taroziga xufiyona joylashtirilgan 1 kg. 47 gr. «gashish» moddasi borligi aniqlandi. Shuningdek, unga ushbu giyohvandlik moddasini berib, ortidan kuzatib kelayotgan jinoiy sherigi, Denov tumanida istiqomat qiluvchi, 1973 y.t., muqaddam «geroin» moddasi savdosi bilan bog‘liq jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan fuqaro ham hibsga olindi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi xodimlarining Davlat bojxona qo‘mitasining hududiy boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirida Ellikqal’a tumanida yashovchi, 1988 y.t. muqaddam sudlangan fuqaroda 2990 dona «Tramadol» giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 5 kg. 450 gr. «opiy», 19 kg. 210 gr. «gashish» hamda 2990 dona «Tramadol» giyohvandlik vositalari musodara qilindi.
Ta’kidlash lozimki, barcha holatlardagi giyohvandlik vositalari kelgusida sotish maqsadida qo‘shni davlatlardan kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilgan.
Hozirda mazkur holatlar bo‘yicha Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar