3 039
Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 7-oilaviy poliklinika faoliyati bilan tanishdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 7-oilaviy poliklinika faoliyati bilan tanishdi. muassasa so‘nggi bor 1991 yilda kapital, 2018 yilda esa joriy ta’mirlangan. Uning quvvati 250 qatnovga mo‘ljallangan bo‘lib, hududdagi 8 ta mahallada yashovchi 41 ming nafar aholiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Yordamchi bo‘limlardan fizioterapiya, funksional diagnostika, endoskopiya, markaziy klinik laboratoriya, rentgen, ultratovush diagnostikasi hamda kunduzgi shifoxona faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Hozirgacha hududdagi aholining 93 foizi to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, 5 ming 518 nafar fuqaro uchun sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari belgilandi.
Davlat rahbari poliklinikani zamonaviy tarzda kapital ta’mirlash, aholiga har tomonlama qulaylik yaratish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Mavjud diagnostika uskunalari ma’nan eskirgani sababli yangilariga almashtirish lozimligi ta’kidlandi.
«Ambulator va statsionar tibbiy xizmatni o‘zida jamlagan yangi tajribani amaliyotga joriy qilish kerak. Oilaviy poliklinikalarga biriktirilgan aholiga sifatli va arzon xizmat ko‘rsatish tizimiga o‘tish orqali hududdagi shifoxonalar bilan sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish lozim», – dedi prezident.
Shu yerda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi tibbiyot muassasalari faoliyati haqida ma’lumot berildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...