
Foto: So‘x tumani hokimligi axborot xizmati
Endilikda haftaning dushanba va juma kunlari Farg‘ona–So‘x–Farg‘ona yo‘nalishida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.
12 dekabrdan “Humo Air” MCHJ aviakompaniyasi Farg‘ona–So‘x–Farg‘ona yo‘nalishida ilk parvozlarni amalga oshira boshlaydi.
Transport vazirligining xabar berishicha, dastlabki bosqichda aviaqatnovlar haftaning dushanba va juma kunlari Farg‘ona–So‘x yo‘nalishida soat 10:00 da, So‘x–Farg‘ona yo‘nalishida soat 12:00 da amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Xabarga ko‘ra, parvozlarda AN-2 samolyotlari 30 daqiqa vaqt davomiyligida harakatlanadi. Yo‘lovchilar aviachiptalarni Farg‘ona, Andijon va Namangan aeroportlari hamda So‘x tumani hokimiyati binolarida xarid qilish imkoniyatiga ega. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar