
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Ijtimoiy tarmoqlarda ayollarni fohishalik bilan shug‘ullanayotgan payti qo‘lga olgan mahalla inspektorlari qamoqda ushlanayotgani haqida videomurojaat chiqarilgan.
9 avgust kuni Chilonzor tuman IIO FMB xodimlari mansab vakolatlari doirasidan chetga chiqqan holda yashash xonadaniga kirib kelayotgan ikki nafar ayolni asossiz fohishalikda ayblab, IIB tayanch punktiga olib borishgan va u yerda ularning huquqlarini buzishga qaratilgan harakatlar sodir etishganligi aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati ma’lum qildi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 206 va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi doirasida ikki nafar shaxsga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar