Fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining 19.07.2021 yildagi qarzdor S.Boboqulovdan undiruvchi Z.Qarshiyeva foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy ta’minoti uchun har oydagi ish haqi va boshqa daromadlarining ¼ qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Romitan tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Qarzdor S.Boboqulov 3 oydan ortiq vaqt davomida 2.220.301 so‘m aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelganligi bois, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Romitan tuman sudiga yuborildi.
Sud majlisida huquqbuzar S.Boboqulov huquqbuzarlik mohiyatini tushunib yetdi va Z.Qarshiyevaga 2.220.301 so‘m aliment pullarini to‘liq to‘lab berdi va S.Boboqulov javobgarlikdan ozod qilindi.
Buxoro shahar bo‘limida fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining 04.01.2016 yildagi qarzdor H.Azamovdan M.Xodjayeva foydasiga uch nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risida ijro hujjati yuzasidan farzandlari voyaga yetguniga qadar 34.240.000 aliment pullari;
Kogon tumanida fuqarolik ishlari bo‘yicha Kogon tumanlararo sudining 17.05.2020 yildagi qarzdor X.Ramazonovdan M.Ablayeva foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy ta’minoti uchun 7.115.000 so‘m aliment pullari undirib berildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi