19:30 / 14.12.2021
2 379

Prezident: «Langar ota»ni butun islom olamiga tanitishimiz kerak

Prezident: «Langar ota»ni butun islom olamiga tanitishimiz kerak
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev xizmat ko‘rsatish sohasiga bag‘ishlangan videoselektor davomida Maydanak observatoriyasiga olib boruvchi yo‘lga to‘xtalib o‘tdi.

Qamashida jahonda sanoqli va noyob bo‘lgan «Maydanak» observatoriyasi hamda XIV asr yodgorligi hisoblangan «Langar ota» masjidi butun dunyodan turistlarni jalb qiladi.

Biroq, ushbu ob’ektlarga olib boruvchi 38 kilometr yo‘l ta’mirtalab bo‘lgani uchun Maydanakning salohiyatini to‘liq ishga solib bo‘lmayapti. Yo‘l qurmasak turizmni ham rivojlantira olmaymiz
, — dedi davlat rahbari.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, Maydanakka olib boruvchi 38 kilometr yo‘lni ta’mirlash uchun 40 milliard so‘m zarur bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev tog‘ tepasida dam olish maskani topshirig‘ini berdi va buning uchun Andijondagi «Xonobod» sanatoriysida bajarilgan ishlarni o‘rganishni tavsiya qildi. Shu bilan birga davlat rahbari «Langar ota» masjidi targ‘ibotini kuchaytirish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

«Agar biz «Langar ota»ni butun islom olamiga tashviqot qilsak, yurtimizga keluvchilar soni oshadi. Biz o‘z ziyoratgohlarimizni musulmon ahliga ko‘rsatib bera olishimiz kerak», — dedi davlat rahbari.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident: «Langar ota»ni butun islom olamiga tanitishimiz kerak