
«Uzbekistan Airways» Buyuk Britaniyaga borayotgan yo‘lovchi va sayohatchilarga eslatma berdi. Qayd etilishicha, 2021 yil 7 dekabrdan SARS-CoV-2’ning yangi «omikron» shtammi paydo bo‘lishi munosabati bilan Buyuk Britaniya hukumati mamlakatga kirish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritgan.
Mavjud qoidalarga quyidagi qo‘shimcha qoidalar kiritildi:
- 12 yoshdan oshgan barcha yo‘lovchilar, emlash holatidan qat’iy nazar, Buyuk Britaniyaga kelishdan kamida 48 soat oldin o‘tkazilgan PZR-testining salbiy natijasini taqdim etgan taqdirdagina mamlakatga kirishlari mumkin;
- Shuningdek, Buyuk Britaniyaga kelgandan keyin ikkinchi kuni PZR-testini qayta topshirish majburiy etib belgilangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar