
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi "Notariat to‘g‘risida"gi Qonunining 76-moddasiga muvofiq, notarius qarzdordan pul summalarini undirish yoki mol-mulkni talab qilib olish uchun qarzdorlikni belgilovchi hujjatlarga ijro xatlarini yozadi.
Mana shunday ijro hujjatlaridan biri Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushadi. Unda, qarzdor mas’uliyati cheklangan jamiyat hisobidan ATB "Universalbank" Toshkent filiali foydasiga 3.674.020.650 so‘m kredit qarzi undirish, undiruvni garovga qo‘yilgan "Gilos mevasini saralovchi uskunalar liniyasi"ga qaratish ko‘rsatilgan.
Ijro hujjatining ijrosini ta’minlash maqsadida 8.645.000.000 so‘mlik "Gilos mevasini saralovchi uskunalar liniyasi" ro‘yxatga olinib, xatlandi.
Hozirda ushbu uskunalar liniyasi yagona elektron savdo maydonchasi orqali savdoga chiqarilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing