10:16 / 23.12.2021
1 531

Bank hisobchisiga jarima solinib, undiruvchiga 50 mln. so‘m aliment kamomadi undirildi

Bank hisobchisiga jarima solinib, undiruvchiga 50 mln. so‘m aliment kamomadi undirildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining, undiruvchi Sh.A.ning foydasiga uning tarbiyasidagi ikki nafar farzandlarining ta’minoti uchun qarzdor S.B.ning ish haqi va boshqa-da daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro xujjati 01.03.2017 yilda kelib tushgan va Byuroning To‘rtko‘l tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yurituvi ko‘zg‘atilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdor S.B. 02.03.2016 yildan boshlab bankning buxgalteriya hisobi va hisobot bo‘limi yetakchi mutaxassisi lavozimida ishlayotganligi sababli, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 64-moddasiga asosan oylik ish haqisining 33% miqdorida ushlab, ushlangan aliment pullarni undiruvchi Sh.A.ning yashash manziliga oyma-oy yuborilishi to‘g‘risida bank boshqaruvchisi nomiga talabnoma yuborilgan hamda har oyda tasdiqlovchi hujjatlarini bo‘limga taqdim qilish ko‘rsatilgan.

Shuningdek, qarzdor S.B.ga nisbatan Qonunning 421-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqishi vaqtincha cheklangan.

Lekin, talabnoma talablari lozim darajada bajarilmasdan, aliment pullari 2017 yildan 2021 yilning 10 oyi davomida 33% kam miqdorida ushlanib kelinmaganligi oqibatida, aliment kamomadi jami 50 mln. 695,6 ming so‘mni tashkil qilgan.

Shu bois, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qarzdor - bank hisobchisi S.B.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 198-2-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari, ya’ni 4.050.000 so‘m jarima qo‘llanilib, aniqlangan 50 mln. 695,6 ming so‘m aliment pullari to‘lig‘i bilan undirildi va undiruvchi Sh.A.ning nomiga ochilgan bank plastik kartasiga o‘tkazib berildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bank hisobchisiga jarima solinib, undiruvchiga 50 mln. so‘m aliment kamomadi undirildi