19:40 / 24.12.2021
1 449

Koronavirusning «yashirin» tarqalish yo‘li aniqlandi

Koronavirusning «yashirin» tarqalish yo‘li aniqlandi
Foto: CC0 Public Domain
SARS-CoV-2 koronavirusi hujayra devorlari ichida qolgan holda hujayralararo tarqalishda davom etib, virus zarralari chiqarishni cheklaydi va antitanalarga chap beradi. Ogayo universiteti olimlari o‘z tadqiqotlariga asoslanib shunday xulosaga kelishdi.

«Mohiyatan bu virus tarqalishining «yashirin yo‘li». Odam immuniteti unga deyarli to‘sqinlik qilmagani bois, SARS-CoV-2 hujayradan hujayraga samarali tarqalib boraveradi», — dedi Ogayo shtati universiteti virusologiya professori Shan-Lu Lyu.

Virus hujayradan hujayraga tarqalganida uni neytrallashi kerak bo‘lgan antitananing samaradorligi pasayishi aniqlandi.

«Koronavirusning yangi-yangi shtammlari, xususan, «omikron» paydo bo‘ldi, shu jihatdan ham hujayradan hujayraga o‘tishning antinalarga bardoshliligi hodisasini nazardan qochirmasligimiz kerak, ehtimol muammoning yechimi shu bo‘lishi ham mumkin. Shu ma’noda virusli infeksiyaning boshqa bosqichlari uchun mo‘ljallangan samarali dorilarni ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega», — ta’kidladi professor Lyu.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirusning «yashirin» tarqalish yo‘li aniqlandi