Foto: «Yangi O‘zbekiston»
O‘zbekiston va Qozog‘iston Qizilo‘rda—Uchquduq avtomobil va temir yo‘lini qurishga kelishib oldi. Bu haqda Qozog‘iston Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligiga tayanib, Spot xabar berdi.
Tomonlar bu boradagi tegishli kelishuvni dekabr oyida imzolagan. Ta’kidlanishicha, avtomobil yo‘lining uzunligi 280 kilometrni tashkil etadi. 2024—2025 yillar davomida iqtisodiy-texnik asosini (IS) ishlab chiqish, 2025 yilda esa yo‘lni ikki-uch yil ichida qurishga kirish rejalashtirilmoqda.
«Avtomobil yo‘lini qurishga, taxminan, 75 milliard tenge (qariyb 172 million dollar) sarflanishi kutilmoqda, bunda 5 milliard tenge (11,4 million dollar) o‘tkazish punktini qurishga yo‘naltiriladi», — deyiladi vazirlik xabarida.
Avtotrassa Qizilo‘rda—Jezqozg‘on—Pavlodar—Rossiya chegarasi xalqaro koridorining bir qismi bo‘ladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston yangi Qizilo‘rda—Uchquduq temir yo‘l tarmog‘ini qurish tashabbusini ilgari surgan. Qo‘shma harakatlar rejasi imzolangan, ISni ishlab chiqish bo‘yicha iqtisodiy tahlil o‘tkazish reja qilinmoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, bu ikki mamlakatning temir yo‘llarni qurish bo‘yicha yagona rejasi emas. Avvalroq turistik potensialni oshirish maqsadida 2021—2024 yillar davomida 160 milliard tengega (367 million dollar) Turkiston—Chimkent—Toshkent yuqori tezlikda harakatlanish imkonini beruvchi magistralni qurish masalasi ko‘rib chiqilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Ushbu loyiha Markaziy Osiyoning eng yirik tarixiy-madaniy markazlarini birlashtiradi, yo‘lovchi tashish hajmi yiliga 1,9 millionga yetkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi