O‘zbekistonda moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalariga 2022—2023-o‘quv yilidan boshlab akademik va tashkiliy-boshqaruv sohalari bo‘yicha qo‘shimcha vakolatlar taqdim etiladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyevning «Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan. Qaror bilan Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralarning bir qator vakolatlari ta’lim muassasalariga, Vazirlar Mahkamasining oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim sohasidagi tegishli vakolatlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga o‘tkazildi.
2022 yil 1 yanvardan boshlab moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida Kuzatuv kengashlari tashkil etiladi. 2022 yil yakuniga qadar yagona «Elektron kutubxona» platformasi ishga tushiriladi.
Oliy ta’lim muassasalarida Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi (HEMIS)ning:
- 2022 yil 1 martga qadar «O‘quv jarayonini boshqarish», «Ilmiy jarayonni boshqarish», «Ma’muriy jarayonni boshqarish» va «Moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqarish» qismlari;
- 2022 yil 1 mayga qadar «Ta’lim sifatini nazorat qilish» qismi joriy qilinadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi