23:27 / 25.12.2021
1 636

MIB “Dizayn” jamoasidan tadbirkorning haqini to‘liq undirdi

MIB “Dizayn” jamoasidan tadbirkorning haqini to‘liq undirdi
22 dekabr kuni “Dizayn” jamoasi to‘rtligi bir shaxsdan 30 ming dollar olib, qaytarib bermayotgani, undiruv masalasi Oliy sud qaroridan keyin ham amalga oshmayotgani haqida xabar berilgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, maqola e’lon qilinganidan keyin tadbirkorning 336 mln so‘m puli “Dizayn” jamoasi a’zolaridan MIBning depozit hisobraqamiga to‘liq undirilgan. Bu haqda kecha, 24 dekabr kuni Majburiy ijro byurosi o‘tkazgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Anjumanda Kun.uz muxbiri mazkur ish doirasida ochiq qolayotgan ayrim savollar bilan mutasaddilarga murojaat qildi.

Tahririyatga yetib kelgan hujjatlarga ko‘ra, ushbu ish doirasida qarzdor Dilshod Musabekovga MIBning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan 20 avgust kuni xorijga chiqish uchun taqiq qo‘yilgan. Oradan 10 kun o‘tib – 30 avgust kuni esa taqiq yechilgan. Vaholanki, ish bo‘yicha ijroni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror keyinroq, 31 avgust kuni chiqarilgan.

Savolga MIB bo‘lim boshlig‘i Nasimxon Burhonov javob berdi. Unga ko‘ra, chetga chiqishga qo‘yiladigan taqiq tizimi shunday ishlab chiqilganki, ijrochi o‘zi xohlagan taqdirda ham, qarzdorlik undirilmagunga qadar unga hech kim ta’sir o‘tkazolmaydi.

Bu turli korrupsion holatlar bo‘mlasligi uchun ham qilingan. Bu cheklovni qo‘yish va olib tashlash avtomatik bo‘ladigan jarayon. Shuning uchun xotirjam bo‘ling, qandaydir asos bo‘lmasa, Dilshod Musabekovning xorijga chiqish taqiqi olib tashlanmas edi. Buni aniqlashtirish kerak. Tizim shunday qilinganki, har qanday noqonuniy holatning oldini olish maqsadida cheklovlar faqat elektron tarzda yechiladi.

Savolingizga hayron bo‘lyapman, buni aniqlash kerak. Bu dastur hech kimni tanimasligi kerak. Bu maxsus savol va uni aniqlashtiramiz
”, – dedi u.

Byuro matbuot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latov undiruv Kun.uz'dagi maqola chiqqanidan keyin amalga oshganiga izoh berdi.

Haqiqatdan ham, fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining hujjatiga asosan “Dizayn” jamoasining Musabekov, Karimberdiyev, Mavlonov va Fatxullayevlardan da’vogar Salomovning foydasiga solidar tartibda 336 mln 132 ming so‘m mablag‘ni undirish bo‘yicha qarori MIBning Chilonzor va Yunusobod tuman bo‘limlariga kelib tushgan.

Olib borilgan harakatlarda ushbu fuqarolarning nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulk va avtotransport vositalariga ularning harakatlarini cheklash bo‘yicha taqiqlar o‘rnatilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda majburiy undiruvning Kun.uz saytida maqola e’lon qilinmagunga qadar undirilmagani bo‘yicha xabarlar tarqaldi. Ijro harakatlari davomida 20 avgust kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining ijro harakatlarini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha qarori mavjud edi. Bunda qariyb 2 oydirki ijro harakatlari to‘xtatib turilgan. Bu bizga bog‘liqmas.

Shundan keyin 19 noyabrda ijro harakatlariga yana qayta kirishilyapti. Bu jarayonda ish to‘xtab qolmagan, davom etayotgandi. Shu paytgacha jumladan, qarzdorlarning “Lacetti” va “Cobalt” rusumli avtomobillari jarima maydonchasiga qo‘yilgan. Shundan keyin qarzdorlar barcha qarzlarini to‘lab berdi. Bular 336 mln 132 ming so‘mlik ijro yig‘imi va 1 mln 134 ming so‘mlik, jami 343 mln 989 ming so‘mlik mablag‘larni to‘lab berdi. Ya’ni hozir butun qarzdorlik to‘lab berildi
”, – dedi Farrux Toshpo‘latov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB “Dizayn” jamoasidan tadbirkorning haqini to‘liq undirdi