O‘zbekistonda barcha transport turlarini uzviy bog‘lagan holda yagona transport tizimi rivojlantiriladi. Bu haqda O‘zbekistonning 2022—2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida ma’lumot berilgan.
Qayd etilishicha, yirik shaharlar o‘rtasida kunlik transport qatnovlari bo‘yicha uzog‘i bilan 6-7 soatda manzilga yetib borish va qaytib kelish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, havo transportini rivojlantirish orqali shaharlararo qatnovlarda aholi mobilligi oshiriladi. Bunda:
- mahalliy tashuvlarda xususiy va loukoster aviakompaniyalar ulushi bosqichma-bosqich 25 foizgacha oshiriladi;
- mahalliy aviaqatnovlar sonini haftasiga 48 tadan 80 taga hamda tutashuvchi qatnovlar soni 4 tadan 8 taga yetkaziladi.
Ijtimoiy talablardan hamda zaruriyatdan kelib chiqqan holda yangi va mavjud mahalliy aviaqatnov yo‘nalishlarini subsidiyalash davom ettiriladi. Hududlardagi har bir aeroportni texnik holatidan kelib chiqib iqtisodiy hisob-kitoblar asosida rivojlantirish konsepsiyasi va har bir aeroport bo‘yicha manzilli dastur ishlab chiqiladi.
Hududlardagi 11 ta xalqaro aeroportlarning o‘tkazish qobiliyati 2 barobarga oshiriladi. Aeroportlarda 11 ta yangi yuk terminalini qurish orqali yuklarga xizmat ko‘rsatish hajmi 3 barobarga ko‘paytiriladi. Navoiy aeroporti hamda xalqaro intermodal logistika markazi boshqaruviga yirik xorijiy yuk operatori jalb qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”