date
views 910

Milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar yaratiladi

Milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar yaratiladi
Muhokamaga qo‘yilgan «Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi» loyihasida milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar yaratish vazifasi keltirilgan.

Xususan unga ko‘ra, 2022 yil dekabrga qadar milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar hamda axborot kommunikatsion dasturlar yaratish ishlari olib boriladi.

Bunda:
  • sohaning yetuk mutaxassislari va yirik tadbirkorlarni milliy kommunikatsiya platformalarini yaratishga jalb qilish;
  • ma’lumotlarni uzatish va qayta ishlashning zamonaviy talablariga mos dasturiy ta’minot va texnik vositalar bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, AKT sohasida milliy mahsulot yaratish tizimini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ham amalga oshiriladi.

Bunda, yaratilgan dastur hamda milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlarni auditoriyasining qamrovi ortishiga qarab soliq imtiyozlarni berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar yaratiladi